Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Donnarumma Italiyaga qaytishi mumkin

Donnarumma Italiyaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma klub moliyaviy qonunbuzarliklar tufayli jiddiy jazoga duch kelsa, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Donnarumma «Manchester Siti»ga o‘tishidan oldin Italiyaning ikki yetakchi klubi — «Milan» va «Inter» unga qiziqish bildirgan. Agar Angliya grandidagi vaziyat yomonlashsa, Milan klublari darvozabon uchun yana harakat qilishi mumkin.

Donnarumma «Milan» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 yildan 2021 yilgacha asosiy jamoada o‘ynagan, shundan so‘ng «PSJ»ga o‘tgan va 2021–2025 yillarda Parij klubi safida to‘p tepgan. Keyin esa Angliyaga yo‘l olgan.

Joriy mavsumda 27 yoshli italiyalik barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 15:05, 30.09.2026.
O'qildi: 1417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик