Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karrager: «Manchester Siti» futbolchilari o‘rnida bo‘lganimda, g‘azablanardim, ularga hamdardman»

Karrager: «Manchester Siti» futbolchilari o‘rnida bo‘lganimda, g‘azablanardim, ularga hamdardman»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Manchester Siti»ning sobiq va amaldagi futbolchilari klubning moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblanayotganiga munosabati haqida fikr bildirdi. Mustaqil komissiya «shaharliklar»ni 115 banddan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topgan. Klub esa barcha ayblovlarni rad etishda davom etmoqda.

«Manchester Siti» futbolchilariga hamdardman. Ularning o‘rnida bo‘lganimda, g‘azablangan bo‘lardim. Premyer-liga o‘z bayonotida buni besh marta “uydirma” deb atadi. Ammo ayrim futbolchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning ba’zilari klubni himoya qilmoqda — hozir bu tabiiy hol. Ular uchun sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatish va faoliyatida qandaydir iz qolishi yoki odamlar barcha yutuqlarini “uydirma” deb atashi juda og‘ir bo‘lsa kerak.

Men Kevin De Bryoyne haqida o‘ylayapman — u men ko‘rgan eng buyuk futbolchilardan biri. U dunyoning istalgan jamoasida o‘ynashi mumkin edi va baribir eng yaxshilardan biri bo‘lib qolardi. U ajoyib futbolchi edi.

Ammo u «Manchester Siti»ni tanladi. Bu tanlov sabablaridan biri maosh bo‘lishi mumkin — ehtimol, klub atrofidagi vaziyat va unga qo‘yilgan ayblovlar tufayli maosh miqdori oshirilgan bo‘lishi mumkin. Ammo agar hozir, faoliyatining yakunida, u butun dunyo uning “Manchester Siti”dagi o‘n yillik faoliyatini “uydirma” deb qabul qilayotganini ko‘rsa — men bu so‘zni Premyer-liga ishlatgani uchun takrorlayapman — men g‘azablangan bo‘lardim. Rahbariyatning harakatlari tufayli butun dunyo odamlari mening faoliyatimga shunday qarayotganidan juda qattiq jahlim chiqardi.

Axir bu futbolchilarga doimo hammasi joyida ekani va ularga hech qanday xavf tahdid qilmasligi aytilgan. Men ularning ba’zilari bilan o‘zim ham gaplashganman.

Biz doimo “Liverpul” yoki “Manchester Yunayted” va endi Premyer-liga chempionligi unvonlarini olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida gapiramiz. Bu mutlaqo adolatli.

Ammo men «Manchester Siti» futbolchilari va ular hozir nimani his qilayotgani haqida ham o‘ylayapman. So‘nggi bir necha kun ichida «Manchester Siti» rahbariyati aytgan gaplar, aslida, gazlayting — ular futbolchilar, sobiq futbolchilar va muxlislarning klubga ishonish istagidan foydalanib, ularni manipulyasiya qilmoqda.

Odamlarni klub bilan mustahkam rishtalar bog‘lab turadi va ular hozir aytilgan gaplarga ishonishni juda xohlaydi. Menimcha, bu vaziyat qancha uzoq davom etsa, klub, jumladan sobiq futbolchilari tomonidan ham shuncha kam qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, tashqi dunyo endi ularning faoliyatiga qanday qarashi borasida norozilik ham ortib boradi», — dedi Karrager Sky Sports efirida.

Kiritildi: 15:18, 30.09.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик