Jeremi Doku va Antuan Semenyo «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar «shaharliklar» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun sanksiyalarga duch kelsa, ko‘plab futbolchilar jamoani tark etishi mumkin. Ular orasida Doku va Semenyo ham bor.
Qayd etilishicha, vingerlarni qo‘lga kiritishdan «Liverpul» manfaatdor. «Qizillar» belgiyalik va ganalik futbolchilarning transferi bo‘yicha takliflar berishga tayyor.













