Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Roy Kin: «Agar «Manchester Siti» futbolchisi bo‘lganimda, medallarimni 100 foiz axlatga tashlab yuborgan bo‘lardim»

Roy Kin: «Agar «Manchester Siti» futbolchisi bo‘lganimda, medallarimni 100 foiz axlatga tashlab yuborgan bo‘lardim»

Baho:
+ | -1

«Manchester Yunayted»ning sobiq kapitani Roy Kin «Manchester Siti» APL moliyaviy qoidalarini buzgani uchun aybdor deb topilgani haqida fikr bildirdi.

25 sentyabr kuni komissiya «shaharliklar»ni qo‘yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb toplagani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Jazolardan biri klubni APLdan chetlatish bo‘lishi mumkin. 29 sentyabr kuni mustaqil komissiya «Manchester Siti»ning aybdorligini tasdiqladi.

«Ular bu ko‘plab odamlarga og‘riq yetkazishini bilishardi, ammo baribir shunday qilishdi. Agar so‘nggi yillarda bu yutuqlarning barchasiga erishgan futbolchi bo‘lganimda, medallarimni 100 foiz axlat qutisiga tashlab yuborgan bo‘lardim.

Albatta, o‘zingizni aldangandek his qilgan bo‘lardingiz. Bu firibgarlik. Sobiq futbolchilarning barcha yutuqlar maydonda qo‘lga kiritilgani haqidagi gaplarini qancha eshitishingizdan qat’i nazar, bu firibgarlik edi. Ular firibgarlik sodir bo‘layotgan sharoitda maydonda g‘alaba qozonishgan.

Menimcha, endi futbolchilar va murabbiy uchun juda og‘ir bo‘ladi. Egalari firibgarlik qilishga tayyor bo‘lgan klubga ishonish va avvalgi darajada qo‘llab-quvvatlashni saqlab qolish qiyin», — dedi Kin ITV Sport efirida.

Kiritildi: 15:53, 30.09.2026.
O'qildi: 401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик