Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Inter» yulduz futbolchisiga o‘rinbosar topgan

«Inter» yulduz futbolchisiga o‘rinbosar topgan

Baho:
+ | -

«Kalyari» va Italiya terma jamoasining 20 yoshli yarim himoyachisi Alessandro Romano «Yuventus», «Inter» hamda Angliyaning ayrim klublari e’tiborini tortdi.

Tuttosport ma’lumotiga ko‘ra, mazkur klublar futbolchini transfer qilish bo‘yicha dastlabki aloqalarni boshlagan. Romano o‘tgan yozda «Roma»dan «Kalyari»ga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga o‘tgan.

«Yuventus» va «Inter» uni bir necha haftadan beri kuzatib kelmoqda. «Inter» esa Romanoni shartnomasi tugashiga bir yil qolgan Hakan Chalhanog‘luga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Angliyaning bir qator klublari ham «Kalyari» bilan futbolchi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.

Kiritildi: 16:11, 30.09.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик