BBC ma’lumotiga ko‘ra, «Bornmut» yanvar oyidagi transferlar oynasida Aleks Skott bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqmaydi.
23 yoshli yarim himoyachi shu hafta Angliya milliy terma jamoasida debyut qildi. U klubning shartnomani uzaytirish bo‘yicha ikki taklifini rad etgan va yanvar oyida amaldagi kelishuvining so‘nggi 18 oylik qismiga kiradi.
Skott yozda «Bornmut»ni tark etishga tayyor edi, ammo klub uni jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. «Bornmut» chempionatdagi maqsadlariga erishguniga qadar yoki ularga yetish imkoniyati qolmagunigacha futbolchini sotmaslik niyatida.
Yarim himoyachiga «Chelsi», «Arsenal» va «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Yozda «Chelsi» Skott uchun 64 million funtlik taklif bilan chiqqan, ammo «Bornmut» uni rad etgan.
Shuningdek, klub Eli Junior Krupi va Rayan kabi boshqa muhim futbolchilarni ham jamoada saqlab qolmoqchi. «Bornmut» joriy mavsumda to‘rtta turnirda ishtirok etmoqda.













