«Real» sentyabr oyining so‘nggi kuni himoyachi Raul Asensioga jarrohlik amaliyoti kerakligini ma’lum qildi. Operasiya payshanba kuni o‘tkaziladi.
Marca ma’lumotiga ko‘ra, Asensioning tiklanishi uchun ikki oydan to‘rt oygacha vaqt kerak bo‘ladi. Shu bois futbolchi 2026 yilda boshqa maydonga tushmasligi ham mumkin.
Raul Asensio «Real»ning asosiy jamoasi safida jami 80 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu bahslarda himoyachi 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.













