Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Misr bosh murabbiyi: “Barselona”da o‘ynaydigan futbolchimiz borligi — faxr"

Misr bosh murabbiyi: “Barselona”da o‘ynaydigan futbolchimiz borligi — faxr"

Baho:
+2 | -

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hussam Hassan 18 yoshli hujumchi Hamza Abdulkarimning «Barselona» va milliy jamoadagi jadal o‘sishini yuqori baholadi.

Abdelkarim Afrika millatlar kubogi saralash bosqichida Janubiy Sudanga qarshi kechagi uchrashuvda Misr asosiy terma jamoasidagi ilk golini urdi. Shu bilan birga, u milliy jamoa tarixida gol urgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi.

«Bu yil Hamzani Misr terma jamoasiga chaqirish oson qaror bo‘lmagan, chunki u “Barselona”ning asosiy jamoasida o‘ynamayotgan edi.

Xudoga shukr, u terma jamoaga qo‘shilganidan keyin klubida ham unga e’tibor qaratishdi va asosiy tarkibga ko‘tarildi. Natijada u o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.

“Barselona”da o‘ynaydigan futbolchimiz borligi biz uchun, Afrika, arab olami va Misr futboli uchun katta faxr.

Xudoga shukr, biz ham bu jarayonda muhim rol o‘ynadik. Shuning uchun uni jamoada saqlab qolish, bosqichma-bosqich rivojlantirish va jamoadoshlari bilan birga tajriba to‘plashiga imkoniyat berishda qat’iy turdik.

Men unga ishonaman. Uni terma jamoaga chaqirib, jahon chempionatiga olib borganim ham shu ishonchimdan dalolat. Xudo xohlasa, u yanada kuchli futbolchiga aylanadi va “Barselona”da ham o‘zini namoyon qiladi», — dedi Hussam Xassan.

Kiritildi: 17:59, 30.09.2026.
O'qildi: 1330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик