"Manchester Siti" rahbariyati Angliya Premyer-ligasi (APL) mustaqil komissiyasining qaroridan so‘ng, klubning moliyaviy qoidabuzarliklari holatida jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Komissiya aniqlagan qoidabuzarliklar nafaqat futbol idoralarini, balki polisiya va soliq idoralarini ham qiziqtirishi mumkin. Qayd etilishicha, bu holatda "shaharliklar" yetakchilari firibgarlik uchun o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Premyer-liga avvalroq "Manchester Siti" 2009 va 2018 yillar oralig‘ida moliyaviy qonunbuzarliklar bo‘yicha barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilganini e’lon qilgan edi.
Klub o‘z navbatida o‘zining aybsizligini va barcha mavjud vositalar bilan o‘zini himoya qilishga tayyorligini e’lon qildi. "Manchester Siti" 2 oktyabrgacha mustaqil komissiya qarori ustidan shikoyat qilish imkoniyatiga ega.













