Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFA va uning Prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFA va uning Prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida FIFA Prezidenti O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati bilan birgalikda mamlakat futbol infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi.

Janni Infantino Toshkent shahrida hozirda qurilayotgan yangi «Yangi Toshkent» o‘yingohiga tashrif buyurdi. FIFA Prezidentiga qurilish ishlarining borishi, stadion infratuzilmasi hamda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan FIFA U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, FIFA Prezidenti O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashib, futbolchilar bilan samimiy va do‘stona muloqot qildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston futboli buguni va kelajagi, milliy terma jamoaning xalqaro maydondagi ishtiroki hamda mamlakatda futbolni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif doirasida Janni Infantino O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Prezidenti bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda mamlakat futbolini rivojlantirish, futbol infratuzilmasini yanada takomillashtirish, yoshlar futbolini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston futboliing xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

FIFA Prezidenti, shuningdek, Toshkent shahridagi 90-sonli umumta’lim maktabida yangi futbol maydonining ochilish marosimida ishtirok etdi. Mazkur loyiha yoshlarni sportga keng jalb etish va bolalar uchun zamonaviy futbol muhitini yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFA va uning Prezidenti Janni Infantinoni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida FIFA bilan yaqin va samarali hamkorlikni davom ettiradi.

Manba: @FAUzbekistan
Kiritildi: 21:50, 30.09.2026.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик