Vinger Rafinya Braziliya terma jamoasining Avstraliyaga qarshi o‘yinida noqulaylik tufayli almashtirildi. Futbolchi terma jamoaning bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi va muddatidan oldin "Barselona"ga qaytadi. Braziliya Futbol Konfederasiyasi bu xabarni tasdiqladi.
"Chorshanba kuni Rafinya o‘ng sonining orqa qismidagi mushaklarning ozgina shishishi aniqlangan testlardan o‘tdi. Ehtiyot chorasi sifatida va tezroq tiklanishini ta’minlash uchun futbolchi milliy terma jamoaning qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi", deyiladi Braziliya Konfederasiyasi bayonotida.
"Barselona" manbalari Rafinya klubga qaytgandan so‘ng qo‘shimcha testlardan o‘tishini xabar qilishdi.













