The Touchline nashrining xabar berishicha, jarohat olgan "Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike dekabr oyida safga qaytishni rejalashtirmoqda.
Fransuz futbolchisi 2026 yil aprel oyida payining jiddiy yorilishi tufayli safdan chiqqan edi. Bu UYEFA Chempionlar Ligasining "PSJ"ga qarshi javob o‘yinida (0:2) sodir bo‘lgan va jarohati uni Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi FIFA Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur qilgan.
Aytgancha, avvalroq "Liverpul" fransuz futbolchisini jiddiy jarohatiga qaramay, Chempionlar Ligasi tarkibiga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Ekitike 2025 yil yozida "Ayntraxt"dan transfer qilinganidan so‘ng "Liverpul"ga qo‘shilgan edi.













