Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rafael van der Vaart "Bavariya"ga Frenki de Yongni sotib olishni maslahat berdi.
"Hurmat bilan aytaman, Joshua Kimmixning eng yaxshi o‘yinini o‘tkazadigan vaqt keladi. Frenki "Bavariya"ni yanada yaxshiroq qila oladi", - dedi van der Vaart.
De Yong 29 yoshda va uning "Barselona" bilan shartnomasi tugashiga yana uch yil qoldi. Markaziy yarim himoyachi tizza jarohatidan tuzalib, bu mavsumda hali o‘ynamadi. De Yong kuz oxirida maydonga qaytishi rejalashtirilgan.
Transfermarkt de Yongni 35 million yevroga baholamoqda.













