Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Ronalduning singlisi futbolchini himoya qilgan postni qayta ulashdi

Ronalduning singlisi futbolchini himoya qilgan postni qayta ulashdi

Baho:
+ | -2

Krishtianu Ronalduning singlisi Elma Aveyru ijtimoiy tarmoqlarda akasi va Portugaliya terma jamoasi atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan postni qayta ulashdi.

«Krishtianu ko‘proq hurmatga loyiq edi. Terma jamoa ko‘proq tartibga loyiq edi. Portugaliya jurnalistikasi ko‘proq professionallik va kamroq spekulyasiyaga loyiq edi. Portugallarga kelsak... nima ham derdik, ular hech narsada yaxshiroq narsaga loyiq emas. Biz hasadgo‘y, hurmatsiz va johilmiz hamda Ronaldugacha futbolimizda doimo bo‘lgan o‘rtacha darajaga qaytishga loyiqmiz. Barchasi uchun rahmat, CR7. Sen ko‘proq narsaga loyiq eding!» — deyiladi u o‘z sahifasida joylashtirgan xabarda.

30 sentyabr kuni hujumchi Jorje Jezushning matbuot anjumanidan so‘ng Kopengagendagi Portugaliya terma jamoasi qarorgohini muddatidan oldin tark etdi. Keyinchalik Ronaldu muxlislarga murojaat qilib, jamoani tark etish qarori sabablarini kelajakda oshkor qilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 04:31, 01.10.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик