Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Tuxel Angliya terma jamoasi Keynning o‘rnini qanday bosishi haqida javob berdi

Tuxel Angliya terma jamoasi Keynning o‘rnini qanday bosishi haqida javob berdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Xarri Keynning o‘ziga xosligi haqida fikr bildirdi.

«Uch sherlar» sardori Millatlar ligasining Chexiya (2:0) va Ispaniya (2:3)ga qarshi so‘nggi uchrashuvlarida bittadan gol urdi. Hozir va kelajakda hujumchini teng darajada almashtirish masalasi haqida gapirar ekan, Angliya terma jamoasi ustozi «Bavariya» yulduzining o‘rnini bosish deyarli imkonsiz ekanini tan oldi.

«Siz boshqa Keynni topa olmaysiz. Biz turli variantlar va yechimlarni izlayapmiz. Kelajakda uning o‘rnida boshqa futbolchi bo‘ladi, ammo u Xarrining nusxasi bo‘lmaydi. Vaqti kelganda yechim topiladi. Balki buni endi men izlashimga to‘g‘ri kelmas — ehtimol, Keyn yana o‘n yil o‘ynashi mumkin. U sekin emas, tezlik borasida hech kimdan qolishmaydi, doimo boshqalarni oldinga undaydi. U nihoyatda mehnatkash. Unda barcha kerakli sifatlar bor», — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Iyul oyida Xarri Keyn 33 yoshga to‘ldi.

Kiritildi: 04:50, 01.10.2026.
O'qildi: 489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик