Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua futboldagi ilk qadamlarini tashlayotgan o‘g‘li haqida gapirdi.
«O‘g‘lim «Real»ning 8 yoshgacha bo‘lgan jamoasida o‘ynaydi. O‘yini bilan u Mbappega ko‘proq o‘xshaydi. Unga darvozabon bo‘lish ham yoqadi, ammo men uni maydon futbolchisi sifatida ko‘rishni afzal bilaman, chunki men bilan taqqoslashlardan qochishni istayman», — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
34 yoshli darvozaboni 2018 yildan buyon klub sharafini himoya qilib kelmoqda. U bunga qadar «Chelsi», «Atletiko» va «Genk» klublarida to‘p surgan.
10 oktyabr kuni Joze Mourinyo jamoasi La Liganing 8-turi doirasida o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Ayni paytda poytaxt klubi 15 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.













