Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua Joze Mourinyo bilan ishlash taassurotlari haqida gapirdi.
Belgiyalik futbolchi portugaliyalik murabbiyni «Chelsi»da birga ishlagan davrlaridan beri yaxshi biladi. O‘tgan yozda murabbiy «qirollik klubi»ga qaytdi.
«Mourinyo xotirjamroq bo‘lib qoldi, ammo u hanuz juda talabchan va jamoa bilan suhbatlarda ochiq gapiradi, doimo hamma narsani to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytadi. Joze — ajoyib murabbiy. Men uni «Chelsi»dagi davridan ham shunday eslayman», — deya 34 yoshli darvozabonning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
Joze Mourinyo avval «Real»ni 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan. Tibo Kurtua esa klubga 2018 yil yozida kelgan.













