Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Mourinyu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi

Mourinyu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Krishtianu — Krishtianu. U g‘olib. Unda shunday ego borki, bu ego 20 yil davomida unga gollar, sovrinlar va rekordlar olib keldi. Bu normal holat. Ammo endi u o‘z egosini nazorat qilishni o‘rganishi kerak. Futbol uni kutib turmaydi. Uning tanasi avvalgidek emas. Buni hamma biladi. Uning o‘zi ham buni tushunadi.

Jorje Jezush — yaxshi murabbiy. U katta shaxslar bilan ishlashni biladi va ulardan qo‘rqmaydi. Agar u qandaydir qaror qabul qilsa, demak, bu qaror alohida futbolchining imiji uchun emas, balki jamoa manfaati uchun foydali bo‘ladi, deb hisoblaydi», — deya Mourinyoning so‘zlarini O Globo keltirdi.

Avvalroq Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush nizo yo‘qligini aytganiga qaramay, Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etgan edi. Hujumchi jamoa qarorgohidan ketishga qaror qildi va bu haqda o‘z munosabatini bildirdi.

Ayrim portugaliyalik OAVlar Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida ekani haqida xabar tarqatdi.

Kiritildi: 05:11, 01.10.2026.
O'qildi: 1403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик