Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

«Man Siti»ning sobiq direktori Byord klub APL moliyaviy qoidalarini buzmagan deb hisoblaydi

«Man Siti»ning sobiq direktori Byord klub APL moliyaviy qoidalarini buzmagan deb hisoblaydi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning sobiq operasion direktori Kris Byord klubning APL moliyaviy qoidalarini buzgani haqidagi ayblovlar bo‘yicha o‘zini aybsiz deb hisoblashini aytdi.

«Men roziman. Klubda hali ishga solinmagan va jamoatchilik hali ko‘rmagan ma’lumotlar bor. Hozir qo‘llanilayotgan so‘zlar bir tomonlama tusga ega, deb hisoblayman. Menimcha, ikki tomonning versiyalari solishtirilmaguncha, voqealarga baho berishda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak. Hozircha jarayon hali yakunlangani yo‘q.

Tez orada “Siti”ni Premyer-liga yoki OAVlar qanday ko‘rsatishga urinyotgan bo‘lsa, aslida u bunday klub emasligini ko‘rsatadigan ma’lumotlar paydo bo‘ladi, deb o‘ylayman», — deya Byordning so‘zlarini TalkSPORT keltirdi.

Avvalroq APL klub 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha barcha ayblovlar yuzasidan aybdor deb topilganini ma’lum qilgan edi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, komissiya xulosalari polisiya va soliq organlarining e’tiborini tortishi mumkin. Agar jinoiy ish qo‘zg‘atilsa, klub rahbarlariga firibgarlikda ayblov qo‘yilishi va 10 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilishi mumkin.

«Manchester Siti» o‘zining aybsizligini bildirib, mavjud barcha huquqiy vositalar orqali o‘zini himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Klub komissiya qaroridan 2 oktyabrga qadar apellyasiya berish huquqiga ega.

Kiritildi: 05:14, 01.10.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик