Daniya milliy jamoasi bugun Portugaliyaga qarshi Millatlar ligasi doirasidagi uchrashuvni 1986 yilgi namuna asosida ishlangan futbolkalarda o‘tkazadi. O‘sha paytda Daniyaning ajoyib jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida juda yaxshi ishtirok etgan, ammo 1/8 finalda ispanlarga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan edi.
O‘sha vaqtda daniyaliklar Anna-Mette Ernst va Brijit Leytner tomonidan ishlab chiqilgan dizayndagi futbolkalarda o‘ynashgan. Ular «roligans» deb atalgan. Bu atama o‘sha jahon chempionatida Daniya terma jamoasi muxlislariga nisbatan qo‘llangan bo‘lib, ular o‘sha davrdagi boshqa ko‘plab fanat harakatlaridan farqli ravishda, o‘zini bosiq va madaniyatli tutishi bilan ajralib turgan.
Bu futbolkalarning yarmi qizil, qolgan yarmi esa och pushti rangda bo‘lgan.













