«Inter» hujumchisi Lautaro Martines Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
«Shubhasiz, bu juda hissiyotlarga boy kecha bo‘ladi. O‘ziga xos va juda muhim uchrashuv. Umid qilamanki, barchamiz imkon qadar kamroq yig‘laymiz.
Leoning merosi va terma jamoada qoldirgan izini o‘chirib bo‘lmaydi. Ammo u ketganidan keyin har birimiz qo‘shimcha mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak. Menimcha, Messiga o‘xshagan futbolchi hech qachon paydo bo‘lmaydi.
Chunki u noyob. U barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi Lautaro.













