«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias jarohati sabab Braziliya terma jamoasi ixtiyorini muddatidan oldin tark etdi.
Futbolchining jarohati jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi. Shu bois u La Liganing navbatdagi turida «Xetafe»ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushishi ham mumkin.
Biroq Barca Universal nashri yozishicha, jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik sardorni oktyabr oyidagi muhimroq uchrashuvlarga asrab qolishi ehtimoldan xoli emas.
Nemis mutaxassisining hujum chizig‘ida Rafinya o‘rnida o‘ynashi mumkin bo‘lgan oltita varianti bor. Ular — Gabriel Jezus, Xamza Abdelkarim, Entoni Gordon, Dani Olmo, Fermin Lopes va Lamin Yamal.
Rafinya xalqaro tanaffusga qadar «Barselona» safida o‘tkazgan 8 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













