Taniqli jurnalist Edu Agirre Portugaliya terma jamoasida Krishtianu Ronalduga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lingan, deb hisoblaydi.
41 yoshli hujumchi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro sabab jamoani tark etishga qaror qildi. Katta ehtimol bilan, yulduz futbolchi endi xalqaro maydonda boshqa o‘ynamaydi.
"Portugaliyaning asosiy tarkibidan joy olib, Ronalduning o‘rnini egallay olgan birorta futbolchi yo‘q. Hech kim o‘zini shunday darajada ko‘rsata olmadiki, uni tarkibdan siqib chiqarsin. O‘tgan jahon chempionati, Yevro-2024 va Millatlar ligasidagi o‘yinlarga qarang. So‘nggi ikki yilda terma jamoaning eng yaxshi to‘purari kim bo‘ldi? Krishtianu. Hatto izlab ham o‘tirmang, vaqtingizni sarflamang. Shunday futbolchidan qanday qilib voz kechish mumkin? Yana bir savol: Portugaliya JCH-2026da jamoa sifatida yaxshi o‘ynadimi?" — dedi Ronalduning yaqin do‘sti Edu Agirre El Chiringuito dasturida.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, "An-Nasr" futbolchisi Kopengagendagi Portugaliya terma jamoasi qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgan va allaqachon Madridga yetib borgan.













