Taniqli jurnalist va Krishtianu Ronalduning yaqin do‘sti Edu Agirre 41 yoshli futbolchining Portugaliya terma jamoasidan ketishi tafsilotlarini ma’lum qildi.
"An-Nasr" hujumchisi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchiliklar sabab Portugaliya terma jamoasi qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Ronaldu terma jamoadan ketish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilgan.
"Ronaldu va Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti ishtirok etgan yopiq uchrashuvda Jezush Krishtianudan avvalgi o‘yinda uni qizdirish mashqlariga chiqarib, keyin esa maydonga tushirmagani uchun uzr so‘radi. Murabbiy, shuningdek, matbuot anjumanida o‘z xatosini ochiq tan olib, butun vaziyatga oydinlik kiritishga va’da bergan.
Ammo u va’dasini bajarmadi. Ronalduning fikricha, Jezush aksincha, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan gaplarni aytdi va vaziyat nazorat ostida ekani, Krishtianu esa shunchaki futbolchilardan biri ekanini ko‘rsatishga urindi. Bu Ronalduni g‘azablantirdi, u o‘zini xiyonat qilinganday his qilmoqda. Jorje shaxsiy suhbatda undan uzr so‘radi, ammo omma oldida butunlay boshqacha gapirdi. Shuning uchun Krishtianu uyiga ketishga qaror qildi. Uning uchun bu xiyonat edi", — deya Agirrening El Chiringuito dasturidagi so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
Bugun Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi.













