Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Arsenal" Braziliya termasida debyut qilgan futbolchini kuzatmoqda

"Arsenal" Braziliya termasida debyut qilgan futbolchini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasida debyut qilgan "Korintians" markaziy yarim himoyachisi Breno Bidon Yevropaning ikki top-klubi qiziqish doirasiga tushdi.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini Londonning "Arsenal" va Turinning "Yuventus" klublari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari Bidonning bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda. Yarim himoyachining "Korintians" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil dekabr oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Breno joriy mavsum Braziliya chempionatida 25 ta o‘yin o‘tkazdi. U 2 ta gol urdi, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 4 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 10:26, 01.10.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик