FIFA kunlari klublar uchun jiddiy yo‘qotishlar bilan o‘tmoqda. Xalqaro uchrashuvlar davomida bir qator mashhur futbolchilar jarohat olishga ulgurdi.
Jarohatlangan futbolchilardan shartli ravishda to‘liq tarkib ham tuzish mumkin. Hujum chizig‘idan Rafinya ("Barselona"), Kilian Mbappe ("Real") va Kodi Gakpo ("Liverpul") o‘rin olgan.
Yarim himoyada Jamal Musiala ("Bavariya"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted") hamda Martin Edegor ("Arsenal") bor. Edegorda hozircha noqulaylik qayd etilgan bo‘lib, jarohat tashxisi tasdiqlanmagan.
Himoya chizig‘idan Alexandro Grimaldo, Erik Garsiya ("Barselona"), Deniel Ballard ("Sanderlend") va Ibrahima Konate ("Real") joy olgan. Darvozada esa "Chelsi" golkiperi Mayk Penders.














