Dortmundning «Borussiya» klubi jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachning faoliyatidan mamnun. Tomonlar muzokara o‘tkazib, yangi mehnat shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda BILD xabar berdi.
54 yoshli mutaxassis Germaniya top-klubi bilan hamkorligini 2029 yilning o‘rtalariga qadar uzaytiradi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Germaniya chempionatining to‘rt turidan keyin Dortmund jamoasi 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Borussiya» Myunxenning «Bavariya» klubini ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.
Kovach shogirdlari Bundesligadagi navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida Bremenning «Verder» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs 9 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













