Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp Germaniyaning Serbiyaga qarshi sardori kim bo‘lishini ma’lum qildi

Klopp Germaniyaning Serbiyaga qarshi sardori kim bo‘lishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining Serbiyaga qarshi o‘yinda kim sardor bo‘lishi borasida ishora qildi. Uning aytishicha, asosiy tarkibda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sardorlik bog‘ichini taqadi. Bu esa Florian Virtsning sardor bo‘lmasligi mumkinligini anglatadi.

«Ertaga asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar orasida terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgani sardorlik bog‘ichini taqadi», — dedi Klopp o‘yinoldi matbuot anjumanida.

Niko Shlotterbek va Yozua Kimmix uchrashuvda ishtirok etmasligi sabab, Germaniya terma jamoasida 61 ta o‘yin o‘tkazgan Serj Gnabri 46 ta uchrashuvga ega Florian Virsdan oldinga chiqishi mumkin. David Raum esa milliy jamoa safida 39 ta o‘yin o‘tkazgan.

Klopp, shuningdek, terma jamoadagi debyut uchrashuvini o‘tkazishi kutilayotgan Yonas Urbig sardor bo‘lmasligini tasdiqladi. Biroq u asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Germaniya Millatlar ligasidagi dastlabki ikki o‘yindan atigi bir ochko jamg‘ardi. Jamoa avval Niderlandiya bilan durang o‘ynadi, keyin esa Gresiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Klopp Serbiya ham jamoasiga jiddiy muammolar tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi:

«Ular futboldagi barcha hiyla va usullarni yaxshi bilishadi, shuning uchun biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Ularda o‘ziga xos mentalitet bor», — dedi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Kiritildi: 12:14, 01.10.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик