«Real Betis»ning chap qanot himoyachisi Fran Garsiya yozda «Real»ni tark etgani haqida gapirib, madridliklarning yangi futbolchilar uchun katta mablag‘ sarflagani uning klubdagi kelajagiga ta’sir qilganini tan oldi.
«Real» Mark Kukurelyani xarid qilganida, u va Alvaro Karreras asosiy tanlov bo‘lishini tushundim, chunki ular uchun katta mablag‘ to‘langan edi», — dedi Garsiya.
27 yoshli himoyachi klubdan ketishi oson bo‘lmaganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, «Real»da o‘ynagan davrini faxr bilan esladi.
«Men bolalikdagi orzumni amalga oshirdim — «Real» safida o‘ynadim», — deya qo‘shimcha qildi u.
Fran Garsiya «Betis»ga 4 million yevro evaziga o‘tgan.













