Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.
Yakunlarga ko‘ra, "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Qarshi jamoasi sentyabr oyida 3 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. "Nasaf" ushbu bahslarda 13 ta gol urib, 3 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiyev sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha Superliganing eng yaxshi murabbiyi sovriniga sazovor bo‘ldi.














