Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Jorje Jezush bilan mojaro sababli terma jamoa safida o‘ynashdan bosh tortganidan so‘ng o‘zining o‘yin raqamidan ayrilishi mumkin. Bu haqda B24 xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Ronalduning 7 raqamini hozirda 17-raqamda o‘ynayotgan «Galatasaroy» vingeri Rafael Leau oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 41 yoshli Ronaldu Jezush Daniyaga qarshi o‘yinda uni asosiy tarkibda maydonga tushirmoqchi emasligini bilgach, Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etgan edi.













