«Nyukasl» klubning yangilangan emblemasini taqdim etdi.
Yangi logotipga o‘tish jarayonida klub 27 mingdan ortiq muxlis o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Amaldagi logotip 1988 yildan beri ishlatib kelingan. Yangi emblema 2027/28 yilgi mavsumdan boshlab avvalgisini to‘liq almashtiradi.


Klub emblemani yangilash sababi sifatida ayrim elementlarni zamonaviy raqamli media va ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri aks ettirish uchun moslashtirish zaruratini keltirdi.













