Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Real» himoyachisi Raul Asensio muvaffaqiyatli operasiya qilindi

«Real» himoyachisi Raul Asensio muvaffaqiyatli operasiya qilindi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Raul Asensio o‘ng boldir suyagi sinishi sababli muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Jarrohlik amaliyoti Madrid klubining tibbiy shtabi nazorati ostida o‘tkazildi. Yaqin kunlarda futbolchi tiklanish jarayonini boshlaydi. Bu haqda «Qirollik klubi»ning rasmiy sayti xabar berdi.

Avvalroq Asensioning jarohati joriy yil yanvaridan buyon, ya’ni to‘qqiz oy davomida bezovta qilayotgani xabar qilingan edi. Terma jamoalar o‘yinlari uchun berilgan uch haftalik tanaffus vaqtida himoyachi jarohatidan xalos bo‘lishga so‘nggi bor urinib ko‘rdi, ammo konservativ davolash va tiklanish jarayonini tezlashtirish kutilgan natijani bermadi.

Raul Asensio 2024 yil iyul oyidan buyon «Real» safida o‘ynab kelmoqda. Himoyachi «qaymoqranglilar» bilan shartnomasini 2031 yilga qadar uzaytirgan.

Kiritildi: 15:34, 01.10.2026.
O'qildi: 456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик