Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Tuxel Bellingemning Angliya terma jamoasi sardori bo‘lishi mumkinligiga munosabat bildirdi

Tuxel Bellingemning Angliya terma jamoasi sardori bo‘lishi mumkinligiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jud Bellingem kelajakda milliy jamoa sardori bo‘lishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

«Agar u Chexiyaga qarshi o‘yinning yakuniy qismida sardorlik bog‘ichini taqqan bo‘lsa, demak, bir kuni terma jamoaning to‘laqonli sardoriga aylanishi ham mumkin», — deya Tuxelning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.

Bellingem Angliya terma jamoasida 2020 yilda debyut qilgan. Shu vaqtdan buyon u milliy jamoa safida 58 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

3 oktyabr, shanba kuni Tuxel shogirdlari safarda Xorvatiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Millatlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:04, 01.10.2026.
O'qildi: 446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик