«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasi ustidan sudga murojaat qilmoqchi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Aviakompaniya reklamada Xolandning soch turmagi tasviridan foydalangan. Fotosurat muharriri orqali uni samolyot suratiga joylashtirib, «Biz hech qachon bunchalik norvegiyalikka o‘xshamagan edik!» degan yozuv qo‘shilgan.
Mazkur reklama orqali aviakompaniya aviachiptalar savdosini rag‘batlantirgan. Biroq Xolandning tasviridan foydalanish futbolchi bilan kelishilmagan. Endi u aviakompaniya bilan masalani sud orqali hal qiladi.
Xoland 2026/27 yilgi mavsumda klub miqyosidagi 7 ta uchrashuvda 7 ta gol urgan.













