Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Jezush: "Ronalduning ketishi masalasi hal qilindi"

Jezush: "Ronalduning ketishi masalasi hal qilindi"

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan mojaro haqida yana bir bor fikr bildirdi.

Hujumchi Millatlar ligasida Daniyaga qarshi o‘yin arafasida milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi. O‘sha paytda mahalliy OAV 41 yoshli futbolchi endi terma jamoa safida o‘ynamasligi haqida xabar tarqatgan.

"Krishtianu bilan bog‘liq masala allaqachon hal qilingan. Men mutlaqo xotirjamman, vijdonim toza. Bu haqda Norvegiyaga qarshi o‘yindan keyin gaplashamiz.

Men yashirinmayman va mas’uliyatdan qochmayman. Krishtianu erishgan yutuqlarni hech kim undan tortib ololmaydi. Ronaldu — afsona va bu muhokama qilinmaydi", — dedi Jezush o‘yindan keyingi matbuot anjumanida. Uning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Portugaliya Daniyani safarda 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Norvegiyaga qarshi uchrashuv 4 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:58, 02.10.2026.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик