Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Joau Felishni Angliya, Ispaniya va Italiya top-klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Joau Felishni Angliya, Ispaniya va Italiya top-klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» va «Milan» klublarining sobiq hujumchisi Joau Feliks Yevropaga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Ayni paytda portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida «An-Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Agar kelishuv uzaytirilmasa, Feliks erkin agent maqomiga ega bo‘ladi.

Joau uchun eng ehtimoliy variant sifatida Turinning «Yuventus» klubi tilga olinmoqda. Shuningdek, portugaliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida Feliks oltita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:31, 02.10.2026.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик