Madridning «Real» klubi argentinalik yarim himoyachi Nikolas Pasning kelajagi bo‘yicha qarorni kelasi yil yozda qabul qiladi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
«Qirollik klubi» yarim himoyachini «Komo»dan 80 million yevro evaziga qayta sotib olishi mumkin. Pas «Real»ning markaziy chizig‘iga ko‘proq kreativlik qo‘shishi kutilmoqda.
Nikolas 2024 yil avgust oyidan buyon «Komo» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Italiya A Seriyasi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Italiya chempionatida Pas beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













