Transfermarkt portali futbolchilarning bozor qiymati bo‘yicha ma’lumotlarni yangiladi. Natijada «Bavariya» yarim himoyachisi Maykl Olise Bundesligada yangi rekord o‘rnatdi.
24 yoshli fransiyalik futbolchining qiymati 10 million yevroga oshdi va endi 180 million yevroni tashkil etmoqda. Shu tariqa, Olise jahon chempionatidan keyin o‘zi o‘rnatgan 170 million yevrolik rekordni yangiladi.
Olisega qadar Bundesligadagi eng yuqori bozor qiymati rekordi Erling Holandga tegishli bo‘lib, u 150 million yevroni tashkil etgan.
Joriy mavsumda Olise 9 ta rasmiy uchrashuvda 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shundan «Bavariya» safida 8 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.
Olise «Oltin to‘p» uchun da’vogar bo‘lgan 30 nafar futbolchi ro‘yxatidan ham joy olgan.













