Football Leaks asoschisi Ruy Pintu 2020 yil avgustidan buyon foydalanib kelgan maxsus xavfsizlik dasturi to‘xtatilishi munosabati bilan jiddiy oqibatlar haqida ogohlantirildi. Bu haqda RTE xabar berdi.
Pintu to‘plagan va yevropalik jurnalistlarga taqdim etgan ma’lumotlar futbol klublari, futbolchilar va agentlar faoliyati bo‘yicha qator tekshiruvlarga asos bo‘lgan. Jumladan, «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalarni buzgani yuzasidan olib borilayotgan tergov ham shular jumlasidandir.
Maxsus dastur 10 oktyabrda to‘xtatiladi. Shundan so‘ng Pintuga himoyalangan turar joyni tark etib, zudlik bilan yangi boshpana topishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, unga polisiya qo‘riqlovi saqlab qolinishi ham kafolatlanmagan.
2023 yil sentyabrda Portugaliya sudi Pintuni tovlamachilikka urinish, ma’lumotlarga noqonuniy kirish va yozishmalar sirini buzishda aybdor deb topib, unga to‘rt yil shartli qamoq jazosi tayinlagan. Aprel oyida unga hujum qilingan, hozir esa Pintuga tahdidlar kelib tushmoqda.













