Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Karlos Baleba "Manchester Yunayted" safida norasmiy debyut qildi

Karlos Baleba "Manchester Yunayted" safida norasmiy debyut qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning rasmiy sayti Karlos Baleba klub safida norasmiy debyut qilganini tasdiqladi.

Yarim himoyachi "Lozanna-Sport"ga qarshi tomoshabinlarsiz o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi.

Baleba bu yozda "Brayton"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi, ammo sobiq klubida mavsumoldi tayyorgarlik paytida to‘pig‘idan olgan jarohati sabab hali rasmiy o‘yinda maydonga tushmagandi.

SullyTalkz ma’lumotiga ko‘ra, deyarli bir yil davomida bel jarohati tufayli o‘ynamagan Matteys de Ligt ham ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.

"Manchester Yunayted" Shveysariya klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Hozircha uchrashuvga oid boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 22:49, 02.10.2026.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик