Belgiya Millatlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida Turkiyani 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Mezbonlar safida Kevin de Breyne dubl qayd etdi. Yarim himoyachi 10 va 59-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 76-daqiqada Romelu Lukaku yana bir gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Uch turdan so‘ng Belgiya 6 ochko bilan A ligasining 1-guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Hali ochko jamg‘ara olmagan Turkiya esa ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib, guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda.













