Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Fabio Kapello Italiya futboli uchun o‘z «resepti»ni taklif qildi

Fabio Kapello Italiya futboli uchun o‘z «resepti»ni taklif qildi

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kapello A Seriya va Italiya terma jamoasi atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi hamda mamlakat futboli tiklanishi uchun o‘z takliflarini aytdi.

«Biz yosh futbolchilarga ko‘proq ishonishimiz, ularga imkoniyat berishimiz va bitta omadsiz o‘yindan keyin ulardan voz kechmasligimiz kerak. Shuningdek, bolalar murabbiylari va ota-onalarga ham bir tilagim bor: bolalarga o‘yindan zavq olish imkonini bering, taktikaga ortiqcha berilib ketmang va asosiy e’tiborni texnikaga o‘rgatishga qarating. Bu juda muhim.

Biroq to‘g‘ri yondashuv uchun yosh futbolchining xatosini ko‘ra oladigan va uni tuzatishga yordam beradigan murabbiy kerak. Ota-onalar esa o‘z o‘rnini bilishi lozim. Ularning haddan tashqari aralashuvi ba’zida bolalarga ortiqcha bosim o‘tkazib, salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — dedi Kapello.

Kuni kecha Italiya terma jamoasi Fransiyaga qarshi o‘yinda durang qayd etdi.

Kiritildi: 03:27, 03.10.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик