Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Virs bilan kelasi yozda xayrlashishi mumkin

«Liverpul» Virs bilan kelasi yozda xayrlashishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» 2025 yil yozida hujumkor yarim himoyachi Florian Virsni sotib olish uchun 125 million yevro sarflagan edi. Biroq oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tganiga qaramay, germaniyalik futbolchi «Enfild»da hali kutilgan darajada porlay olmadi.

Virs «Liverpul» safida 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Agar futbolchi o‘z o‘yinini jiddiy ravishda yaxshilamasa, «Liverpul» kelasi yozgi transferlar oynasida u bilan xayrlashishi mumkin.

«Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, Virsning qishda transfer qilinishi istisno etilgan. Agar uning o‘yinida kutilgan o‘sish kuzatilmasa, 2027 yil yozi munosib vaqt bo‘lishi mumkin», — deyiladi Sport Bild nashri xabarida.

23 yoshli Florian Virsning hozirgi transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 100 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 03:42, 03.10.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик