Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan markaziy himoyachi Jeremi Jakening o‘yini haqida gapirdi.
«Liverpul» safida to‘p tepayotgan 21 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasidagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi. U Millatlar ligasi doirasida Italiyaga qarshi (1:1) uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
«Juda yaxshi. Juda-juda yaxshi. U jasur, oldinga ko‘proq chiqishdan qo‘rqmaydi, yakkama-yakka kurashlarda ham juda yaxshi. U bugun yana o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi», — dedi Zidan matbuot anjumanida «uch ranglilar»ning yosh futbolchisini maqtab.













