Krishtianu Ronaldu yaqinda bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilikdan so‘ng Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi.
«Al-Nasr» hujumchisi Daniyaga qarshi o‘yindan bir kun oldin Madridga jo‘nab ketdi. Braziliyalik sobiq futbolchi Felipe Melo ijtimoiy tarmoqda Portugaliya terma jamoasini keskin tanqid qilgan postni yozdi:
«Portugaliyalik futbolchilardan hech biri hatto Ronaldu darajasiga yaqinlasha olmaydi. Argentinada Messiga qanday munosabatda bo‘lishlariga qarang. Farq juda katta. Afsonalarni bunday kuzatib qo‘yish mumkin emas».
Actu Foot ma’lumotiga ko‘ra, Ronalduning o‘zi ushbu postga layk bosgan. Bu esa muxlislarni hayratga soldi.













