Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" yarim yil avval sotgan futbolchisini qaytarib olishi mumkin

"Bavariya" yarim yil avval sotgan futbolchisini qaytarib olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Elversberg" klubining 21 yoshli vingeri Moris Krattenmaxer Myunxenning "Bavariya" jamoasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Bild xabar berdi.

"Bavariya" o‘tgan yozda Krattenmaxerni "Elversberg"ga 2 million yevroga sotgan edi. Biroq manba ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar shartnomaga futbolchini 7,5 million yevroga qayta sotib olish bandini kiritgan va yaqin qishda ushbu imkoniyatdan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Krattenmaxerning amaldagi shartnomasida 9 million yevrolik tovon puli ham belgilangan. O‘yinida o‘sish ko‘rsatayotgan futbolchiga bir qator klublar qiziqish bildirishi mumkin, ammo "Bavariya" ulardan oldinroq harakat qilib, uni arzonroq narxda qaytarib olish imkoniyatiga ega.

Joriy mavsumda Krattenmaxer Germaniya chempionatida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.

Kiritildi: 10:29, 03.10.2026.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик