"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand avvalgi klubiga hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha maslahat berdi. Uning fikricha, mankunianliklarga Karim Benzema kabi tajribali hujumchi kerak.
"Bizga yuklamani bo‘lishib oladigan va o‘z tajribasini Sheshkoga o‘rgata oladigan tajribali hujumchi kerak edi. Xayolimga Uelbek va Benzema keladi — ular hujumimizni sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin", — dedi Ferdinand.
Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa ushbu uchrashuvlarda atigi 8 ta gol urgan.













