Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero Lionel Messining milliy jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi va ular o‘rtasidagi yaqin munosabatlar haqida gapirdi.
"Men Messiga doim havas bilan qarardim. Keyin esa terma jamoaga chaqirilib, u bilan birga vaqt o‘tkazish baxtiga muyassar bo‘ldim. Futbol tufayli o‘rtamizda juda mustahkam do‘stlik paydo bo‘ldi va hozir bu holatni qabul qilish men uchun og‘ir.
Men unga doim his qilgan mehrimni yetarlicha ko‘rsata olmaganimdan juda afsusda ekanimni aytdim. Bu haqda hali ko‘p afsuslanaman. Uni juda qattiq sog‘inamiz — odamlar o‘ylagandan ham ancha ko‘proq", — dedi Romero.
6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Raqib Benin terma jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













