Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi. U raqib jamoa bosh murabbiyi Santi Deniya haqida ham iliq fikrlar aytdi.
«Biz Ispaniya yoshlar terma jamoasida birga ko‘p yaxshi lahzalarni boshdan kechirganmiz. U mening futbolchi sifatida o‘sishimga katta yordam bergan.
Endi esa og‘ir uchrashuv kutib turibdi. Eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz», — deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.













